Qiziqarli ma'lumotlar: Arxitektorlarni "mag'lub" etgan va binolarning ajralmas bo'lagi bo'lib qolgan 7 ta daraxt


Arxitektorlarning katta qismi rejaga qat'iy rioya qiladilar va qurilishga halal berayotgan o'simliklarni xech ayamaydilar. Lekin ular orasida aql bovar qilmas darajada ijodiy odamlar borki, ular yerning shirin bo'lagini birinchi bo'lib egallab olgan daraxtlarning maftunkorligi oldida befarq bo'lib tura olmaydilar. Bu odamlar daraxtlarni arralamaydilar, o'rniga ularni binolar fasadi va hattoki ularning interyerlariga mos tushuradilar.

Qozoq arxitektori Aybek Almasovning uyi shishadan qilingan bo'lib, silendrik shaklga ega va metall ustunlarda ushlanib turadi. Lekin, asosiysi u haqiqiy, o'z tabiiy muhitida o'sayotgan, daraxt atrofida qirilganidir. Yolgiz qolish va relaks uchun ideal joy chiqqan. Uydagi bunday qarag'ay bilan Yangi yil bayramini yil davomida har kuni nishonlash mumkin bo'lsa kerak.

Bu qarag'ayning yoshi 300 yildan ortiq, shuning uchun turk hukumati Madaniyat va ta'lim fondi binosini qurish uchun yer uchastkasini bo'shatish maqsadida uni kesishga ruxsat bermadilar. Topqir arxitektorlar vujudga kelgan vaziyatdan onsonlik bilan chiqish yo'lini topdilar. Bebaho daraxtni asrab qolish uchun ular binoning balkonlari va tomi orqali ikki shoxlanishli daraxt poyasini o'tkazib yubordilar.

Bu Xitoy arxitektorlari tomonidan loyihalashtirilgan uy yuqori darajadagi texnologiyalar tabiat bilan juda yaxshi uyg'unlikda bo'lishi mumkinligini tasdiqlamoqda. Kichkina daraxt binoning ikkinchi qavatidagi ochiq terrasa poli orasidan o'sib bormoqda.

Yarim asrlik daraxt atrofida konstruksiyasi metal va shishadan yaratilgan kichkina bolalar bog'chasi qurilgan. Bolalarga daraxtning qalin shoxlariga chiqish juda yoqadi. Ularning havfsizligini aylana bo'ylab o'rnatilgan metal to'siq ta'minlab turadi.

Bu italiyan restorani faqatgina mazali pasta va pissasi bilan mashxur bo'lib qolmay, balki binoning o'rtasida o'sayotgan, haqiqiy tirik daraxt borligi bilan ham taniqlidir. Biroq interyerning bezatilishining stilistikasini saqlab qolish uchun uni shisha ortida qoldirishgan.

Bu daraxtga esa, uyning zinapoyalarining o'zidayoq joy bo'shatib beriahiga to'g'ri kelgan. Ko'rinishidan qiziq tuyuladi - huddi o'sayotgan daraxt uy egalarini mehmonlarni kutib olishda ilgarilab ketmoqchi bo'layotgandek. Yoki teskasisi - yoqtirilmaydigan mehmonlardan uyni himoya qilayotgandek.

Ierusalimda Isroil muzeyi binosi oldida o'sayotgan qarag'ay daraxtida arxitektorlar kichkina yog'och uycha yasadilar. Bu yerda kichkina bolalar o'ynashni yaxshi ko'radilar va katta odamlar vaqt o'tkazishni xush ko'radilar. Uydagi daraxtlar va daraxtdagi uylar - bu qiziqarli va ajoyib. Germaniyada esa, ajoyib daraxt ustidagi kempimg qurishgan bo'lib, ular chodir shaharchalarga alternativa bo'ladilar.
Maqola yoqdimi? U holda bizni qo'llab-quvvatlang va ijtimoiy tarmoqlarda u bilan o'rtoqlashing!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.