Qiziqarli ma'lumotlar: Sukerberg o'zining "aqilli uy" ini ko'rsatdi

Mark Sukerberg Facebook ning asoschisi va sayyoramizning eng boy odamlaridan biri. U xech qachon erishilganlarida to'xtamaydi va jamoatni har gal o'zining yangi ixtirolari bilan lol qoldiradi. Yaqinda Mark Facebook da prezentasion rolikni qoyib, unda yangi ixtirosi-"aqlli uy" tizimi uchun sun'iy intellekt to'g'risida gapirib berdi. Videoda yosh milliarderning uyining bir nechta xonalarini ko'rish mumkin. Hayratlanarli, lekin Mark o'z oilasi bilan juda ham kamtarona yashar ekan.


Mark Sukerberg Palo-Altodan 7 million dollarga kamtarin uy sotib oldi. Uzoq vaqt davomida yosh milliarderning oilasi qayerda yashashi ma'lum emas edi. Biroq, mahalliy developerlardan biri qo'shni uylarni sotib olib, ularning o'rniga elit turr joy qirishni va Facebook asoschisi bilan qo'shni bo'lib yashashni istagan boyvachchalarga sotishni xohlagan edi. Bu narsa yuz bermasligi uchun Sukerbergga qo'shni uylarni 30 million dollarga sotib olishga to'g'ri keldi.

Prezentasion videoda Mark faqatgina uyini ko'rsatibgina qolmay, balki o'z ixtirosi haqida ham gapirib berdi. Ma'lumki, innovasion tizimni ishlab chiqish uchun bir yil vaqt ketgan. Mark o'zining aqlli yordamchisini "Temir odam" haqidagi filmlardagi kiber-bosh xiatkor sharafiga-Djarvis deb atagan.

Videorolikda Facebook ning asoschisi Djarvisning barcha imkoniyatlarini amalda ki'rsatadi. Tizim Sukerberg oilasining barcha a'zolarining ovizli yoki matnli buyruqlari yordamida uyni boshqarish imkonini beradi.

Sun'iy intellekt uchrashuvlarni rejalashtira oladi va kun tartibini nazorat qila oladi. Oddiy ovozli buyruqlar yordamida Djarvis pardalarni ochishi, chiroqni yoli musiqani yoqishi mumkin.

Shu bilan birga aqlli yordamchi oddiy nonushta, masalan, tostlar tayyorlashi, ertalab bolalarni uyg'otishi mumkin.

Sun'iy intellektning barcha imkoniyatlarini ko'rsatish uchun Sukerberg Djarvisdan "Nichelback ning yaxshi qo'shig'ini yoqishni" so'radi. Lekin, "aqlli yordamchi" unga "Nickelback da yaxshi qo'shiq yo'q" bo'lgani uchun rad javobini bermoqda.

Djarvosning asosiy imkoniyatlaridan biri, bu uy ostonasida turgan mehmonlarni yuzini tanishdir. Shu bilan birga "aqlli yordamchi" uning kichkina qizchasining harakatlanishini kuzatub tura oladi va havf tug'ilganda ota-onasini xabardor qiladi.

Videorolikning so'ngida Sukerberg tizim hali to'liq ishlanib bo'lmagan ekanini ta'kidladi. U o'z obunachilaridan tizimning kelgusi rivoji uchun qiziqarli g'oyalarini kommentariylarfa qoldirishlariga chaqirgan.

Kelajakda Facebook ning boshlig'i bu ishlanmani jamoatda keng qo'llanilishini ta'minlamoqchi. Aytib o'tish joizki, " aqlli yordamchi " tizimi ko'plab turar joy uylarida uzoq vatqdan beri va muvaffaqiyat bilan qo'llanilanilib kelmoqda. Lekin, afsuski, xozir uning narxi qimmatligi tufayli, undan hamma ham undan foyalana olmaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.