Kanal
Qiziqarli

Qiziqarli qurilishlar: Bu binolarni tepadan pastga qarab qurishgan, bunday tehnologiya an’anaviydan ko’ra anchagina samaraliroq deb takidlashgan ham

Qiziqarli qurilishlar: Bu binolarni tepadan pastga qarab qurishgan, bunday tehnologiya an’anaviydan ko’ra anchagina samaraliroq deb takidlashgan ham

Madridda (Ispaniya) ikkita osmono’par bino-egizaklar joylashgan, ularning nomi Torres de Colon (“Kolumb minoralari”). Ular 1976 yilda noodatiy usulda qurilgan. Birinchi bo’lib fundament markazida temirbeton stolblar paydo bo’lgan, undan osilib turadigan troslar bilan. Bundan so’ng quruvchilar pastki qavatini emas, balki tomini qurishni boshlashgan. Bundan so’ng qavatlar binoda tepadan boshlab paydo bo’lishgan.

Loyihada ishtirok etgan muhandislar, qurilishni bunday usuli vaqt va sarmoyalarni tejaydi deb takidlashgan. Tepadagi qavatda elektrik, santehnik va ishlov beruvchilar o’z vazifalarini bajarayotganda, keying qavatni pastda qurishni boshlashgan. Haqiqatdan ham, bunday tehnologiya qurilish vaqtini bir necha oyga qisqartirgan, pul ham yuzlab ming dollarga kamroq ketgan.

Torres de Colon – shunday binolardan biri emas. Shunday tehnologiya bo’yicha Irlandiyani Dublindagi Markaziy Banki, Yohannesburdagi (JAR) yana bitta bank, Polshada uchta uy va Sankt-Peterburgda Magnitogorsk, 95 ko’chasida qurilgan.
Piterda (u paytda Leningradda) 4-qavatli bino 1959 yilda qurilgan. Panellardan qurilgan qavatlar domkratlar yordamida ko’tarilgan.

Uy foydalanishga rekord qisqa muddat ichida topshirilgan. Leningrad obkomini rahbariyati muhandislar va ishchilar ishlarini yuqori baholashgan, lekin ish bitta uydan nariga bormagan. Gap shundaki bunday qurilish hammadan yuqori malakani talab qilgan, ya’ni mahsus hodimlarni tayorlashga pul sarflashga to’g’ri kelar edi. Buning bilan shoshmaslikka qaror qilishdi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish