Kanal
Qiziqarli

Qiziqarli ma'lumot: Ilm-fan va madaniyatni yuqori cho'qqilarga olib chiqqan 10 ta buyuk daho shizofreniklar

Qiziqarli ma'lumot: Ilm-fan va madaniyatni yuqori cho'qqilarga olib chiqqan 10 ta buyuk daho shizofreniklar

Oxirgi o’n yilliklarda tibbiyot ancha olg’a siljiganiga qaramay, ushbu kasallikning kelib chiqish sabablari noma’lumligicha qolmoqda, butkul tuzalib ketish yo’llari ham mavjud emas. Biroq iste’dodli dohiy insonlardagi bu xastaliklarni hisobga olmasa ham bo’ladi. Chunki agar ularning “bu g’alati” kasalliklari bo’lmaganida, olamni larzaga solgan ko’pgina tengi yo’q san’at asarlari dunyo yuzini ko’rmagan va ilmiy kashfiyotlar sodir bo’lmagan bo’lar edi.

Gollandiyalik rassomning ruhiy xasta bo’lganligi ko’pchilikka ayon. San’atshunos olimlarning ta’kidlashlaricha, bu rassomning mashhur asarlari uning xastaligi avjiga chiqqan vaqtda dunyoga kelgan. Bunday davrda Vinset Van Gog uyqusizlikka chalinib, kuniga shunday durdona asarlardan bir nechtasini yaratar edi.

Olmon mutafakkiri, faylasuf hamda o’ta qudratli odam haqidagi g’oyaning muallifi Fridrix Nitsshega “yadroviy aralash shizofreniya” tashhisi qo’yilgan. Ushbu xastalikning yorqin belgilaridan biri – ulug’vorlik vasvasasidir.

Amerikalik buyuk matematik, 1994 yilning iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofotining laureati. Uning biografiyasi bo’yicha Gollivud kinoustalari tomonidan “Ong o’yini” filmi suratga olingan bo’lib, unda bosh rolni aktyor Rassel Krou ijro etgan.
Jon Nesh ham shizofreniya xastalligidan aziyat chekar edi. Biroq bu narsa Neshga yashash hamda o’yinlar nazariyasi va differentsial geometriya sohasida ish yuritishiga to’sqinlik qilolmagan. U “devni bo’ysundira olgan”, ya’ni xastalikni nazorat qila olgan, uni qabul qilgan va u bilan yashashnga ko’nikkan. Dohiy olim Jon Nesh uzoq va qiziqarli hayot yo’lini bosib o’tdi va 2015 vyilda avtohalokatda vafot etdi.

Ispaniyalik buyuk rassom, haykaltarosh, yozuvchi, ajoyib san’at asarlarining muallifi Salvador Dali ham shizofreniyaning og’ir turidan aziyat chekar edi.

Alisa haqida mashhur asarlar yozgan muallif ham shizofreniyaning yengil turi bilan kasallangan bo’lib, begona ayollardan qattiq qo’rqgan, shuning uchun ularning yoniga hech ham yaqinlashmagan. Ammo shunga qaramasdan, bolalar bilan yaxshi chiqisha olgan. Biroq Kerollning xastaligidan xabardor bo’lgan odamlar bu narsani noto’g’ri qabul qilganlar. Shuning uchun uni ko’pchilik uyining yaqiniga yo’latmagan.

Dunyoga mashhur bo’lgan “Don Kixot” asarining muallifi Migel Servantes ham shizofreniklardan biri bo’lgan. U o’zining xususiyatlarini asarda namoyon qilgan va aynan shuning uchun bo’lsa kerak, asar o’lmas durdona asarga aylangan.

Ushbu yozuvchi shizofreniyaning yengil turi bilan kasallangan. Aytishlaricha, aynan ana shu xastalik sababli muallifning fantastik romanlari shunchalik qiziqarli va maroqli chiqqan.

Bu buyuk matematik va fizik olim shizofreniya hamda bipolyar buzilish kabi ruhiy xastaliklardan aziyat chekkan. Nyuton odamovi, kamgap bo’lgan va odamlardan xoli bo’lishga harakat qilgan. Kayfiyati esa bir soat ichida bir necha marotaba o’zgarishi mumkin edi.

Bu mashhur yozuvchi nafaqat shizofreniya, balki klaustrofobiya – tor joylardan qo’rqish, ovozli va ko’rish gallyutsinatsiyalari hamda psixoz xuruji kabi bir qator ruhiy kasallik simptomlaridan ham aziyat chekkan. Aynan shuning uchun ham Gogol asarlarining qahramonlari shunday yorqin va o’ziga xos bo’lib yaratilgandir.
Yozuvchining kayfiyati tez-tez o’zgarib turar edi. O’zi haqida gapirganda esa tanasining ichki qismidagi a’zolar teskari joylashgan deb, uqtirar edi.

Insoniyat tarixida ilk bor svetomuzikani qo’llagan, keyinchalik esa uning ommalashishini ta’minlagan buyuk kompozitor va pianist Aleksandr Skryabin ham shizofreniyadan aziyat chekkan. U o’ta dindor bo’lishiga qaramasdan ko’p narsalardan vahimaga tushar hamda tez-tez kayfiyati o’zgarib turar edi va voqelikni boshqacha qabul qilar edi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish