Kanal
Qiziqarli

Qiziqarli ma’lumot: “O’zbegim” festivali qoshida tayyorlangan “shoh-palov” Ginnessning rekordlar kitobidan joy oldi

Qiziqarli ma’lumot: “O’zbegim” festivali qoshida tayyorlangan “shoh-palov” Ginnessning rekordlar kitobidan joy oldi

Tayyorlangan palov va qozonning umumiy og’irligi 14 450 kilogramm tosh bosdi, taomning sof og’irligi esa 7360 kilogrammni tashkil etdi. Mega palovni tayyorlash uchun mamlakatimiz hamda qo’shni Respublikalardan jami 50 nafar oshpazlar jalb qilindi.

Palov 6 soat davomida pishirildi. Uni tayyorlash uchun rekord darajadagi masalliqlardan foydalanildi. Xususan, 1500 kg mol go’shti, 400 kg qo’y go’shti, 220 kg qo’y yog’i, 1900 kg guruch, 2 700 kg sabzi, 220 kg piyoz, 440 litr o’simlik yog’i, 57 kg tuz, 100 kg no’xat, 190 kg magiz, 5 kg zira, 2 kg murch, 1 kg kurkuma va 350 litr suv solindi. Bu tadbir uchun Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati og’irligi 7,07 tonna, diametri 4,2 metr hamda hajmi 8 ming litr keladigan doshqozon quyib yasadi.

Ushbu tadbirga Guinness World Record vakili Richard Stening tashrif buyurdi. Uning aytishicha, og’irligi 7,36 tonnani tashkil etgan palov Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi. Tayyorlangan oshning 4 tonna bo’lishining o’ziyoq uning rekordlar kitobiga kirishiga kifoya edi. Tayyorlangan palov mehribonlik uylariga, qariyalar uylariga hamda nogironlar uylariga tarqatildi. Guinness World Record vitse-prezidenti Richard Sten tashkilotchilarga dunyodagi eng katta megapalov O’zbekistonda Milliy TV tomonidan tayyorlanganligi to’g’risidagi sertifikatni topshirdi.

Shoh-palov sayilgoh ko’chasida “O’zbegim” milliy qadriyatlar festivali doirasida bo’lib o’tdi. Festival xalq sayli ko’rinishida o’tdi. Unda dorbozlar tomoshasi, milliy kiyimlar va xalq xunarmandchiligi mahsulotlarining ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish