Qiziqarli ma’lumotlar: Oshxona uchun mo’ljallangan yangicha qulay moslamalar

To’g’ri, har bir ayolning o’z didiga xos moslamalari bor, albatta. Biroq quyidagi e’tiboringizga havola etilayotgan moslamalar har bir bekaning qalbidan ham, oshxonasidan ham joy olishiga ishonamiz.

Ushbu kichkinagina krovatcha shaklidagi taglik oshxonada birinchi darajali zaruriyat bo’lmasada, bunday yoqimtoygina jihoz interyerga quvonch va qulaylik hissini beradi.

Sariyog’ sovuq yog’ bo’lgani uchun undan buterbrod tayyorlashda foydalanish biroz qiyinchilik tug’diradi. Maxsus isitiladigan pichoq bu muammoni osongina hal qiladi. Pichoq qizish xususiyatiga ega, shuning uchun u sariyog’ni yumshatadi va uni nonga bir tekisda surtadi.

Bu uncha katta bo’lmagan oshxona jihozi har bir bekaning qulaygina yordamchisi bo’lishi aniq. Uning yordamida shisha idishlarni ochish, qotib qolgan qopqoqlarni burab ochish, konserva idishlarini ochish hamda og’zi yopishib qolgan paketchalarni bir zumda ochish mumkin.

Ihcham va qulaygina bu taglik tova va qozonlarning qopqog’ini, shuningdek taom tayyorlash jarayonida ishlatiladigan qoshiq, sanchqilarni qo’yishga mo’ljallangan bo’lib, ish joyi va stol ustining yog’ va ifslos bo’lishdan saqlaydi.

Silikonli cho’tkaga ega hamda uncha katta bo’lmagan dispenser o’simlik yog’i va tuxumlarni istalgan yuzaga bir tekisda surib chiqishga yordam beradi.

Bu grafinning olib qo’yiladigan qismlariga quruq choy, yax hamda meva va rezavorlarning mayda donalarini solish mumkin. Bunday grafin choy damlash, limonad solib qo’yish va boshqa ichimliklar uchun ham juda qulaydir.

Noodatiy shaklga ega bo’lgan bu slayser (narsalarni bo’laklarga bo’luvchi pichoqcha) yordamida qovunni so’yyish, uni danaklari va po’stlog’idan osongina tozalash mumkin.

Bu qulaygina moslama eski oshxona bolg’achasining o’rnini bosa oladi hamda go’shtlarning yumshoq, suvli, yumshoqqina bo’lib pishishiga xizmat qiladi.

Pishloq qo’shilgan yog’liqqina kotletlarni pishirish uchun mo’ljallangan bu qolip, shibbalovchi qopqoq, olinuvchi qoshiqcha hamda ikkita tsilindrli segmentlardan iborat bo’lib, kotletlar va chizburgerlarga shakl berish uchun mo’ljallangan.

Bu hamir yoyish uchun mo’ljallangan juvani hamirning katta kichikligiga qarab uzunligini o’zgartirish mumkin.

Bu moslama qaynatilgan guruch, baliq hamda sabzavotlardan jipsligi va shakli ideal darajadagi rollarni qilib chiqaradi.

Bu mashinka varaqi va chuchvaralarning chetlarini jipsroq yopishtirish uchun mo’ljallangan.

Bu qoshiqning dastasi hamda boshchasi o’zgartirib turganligi uchun u kapgir ham, cho’mich ham bo’la oladi. Shu xususiyati tufayli bu universal qoshiqda oshxonada taom tayyorlash jarayoni osonlashadi.

Bu qopqoqlarning uchlari jonivorlar dumining shaklida bo’lib, ularning yordamida istalgan shisha butilkaning og’zini yopib qo’yish mumkin.

Bu tova elektrda ishlaydi hamda quymoqlarning yomshoq va ideal shaklda pishishini ta’minlaydi.

Bu moslama steplerga o’xshab ketadi va bir necha soniya ichida paketlarning og’zini jipslab yopib qo’yadi hamda mahsulotlarning germetik qadoqlanishini ta’minlaydi.

Plastik idish shaklidagi moslama ichida cho’tkasi bilan oshxonadagi ovqat qoldig’i tushga asboblar va yuzalarni tozalash uchun mo’ljallangan.

Bu qulaygina taxtakachlar pazl shaklida ishlangan bo’lib, ularni alohida ham, yaxlit bitta katta taxtakach sifatida ham ishlatish mumkin.

Uncha katta bo’lmagan plastik qolip kabobni tayyorlash uchun yaxshigina moslamadir. Bu yangi qolip go’shtni bir shaklga keltirib, uni osongina kesish va sixdaligida marinadlash uchun mo’ljallangan va kabobni pishirishga tayyorlaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.