Kanal
Qiziqarli

Qiziqarli ma’lumotlar: Shaffof plyonkani ro’zg’orda ishlatish g’oyalari

Qiziqarli ma’lumotlar: Shaffof plyonkani ro’zg’orda ishlatish g’oyalari

Hatto eng kichik tirqish yoki yoriq joyidan muzdak sovuq havo kirishi mumkin. Plyonkani o’lchami to’g’ri keladigan qilib bir necha bo’laklarga bo’ling, ularni bir-birining ustiga qo’yib, bitta qalin qavat hosil qiling, qayerdan sovuq havo kirayotgan bo’lsa, o’sha joyga yopishtiring.

Agar siz devorlaringizni bo’yagan bo’lsangiz va ertasiga ham bo’yamoqchi bo’lsangiz, cho’tka va valikni yumshoq bo’lib turishi uchun plyonka bilan o’rab qo’ying. Bo’yoq bankasini ham shunday qilib orasa bo’ladi.

Muzlatgichning hamma qavatiga plyonka solib chiqing. Ularni tozalash vaqti kelganida, siz solingan plyonkani olib, boshqasiga almashtirib qo’yaverasiz.

Biz hammamiz bilamizki sumka yoki ryukzakga butilkali narsa solsak va uni olmoqchi bo’lganimizda suyuqlik sumkaga to’kilib ketgan bo’ladi.
Buni oldini olsa bo’ladi,buning uchun qopqoq ochib, unga plyonka o’rab, keyin yopib qo’yish kerak.
Pardoz anjomlarini va kosmetik vositalarni jomadonga joylashdan avval plyonka bilan o’rab, keyin joylash kerak. Bu to’kilib ketishini oldini oladi.

Agar siz haskash yoki belkurak bilan ishlamoqchi bo’lsangiz, qo’lning himoyasi uchun plyonkani qo’lingizga o’rab olishingiz kerak, shunda qo’lingizni qadoqdan saqlagan bo’lasiz.

Muzqaymoq yaxxonada muzlab qolmaslgi uchun uni plyonka bilan o’rab qo’ying. Keyingi safar, uni muzlatgichdan olganingizda uning ko’rinishi yaxshi va kristallanmagan bo’ladi.

Bananlar uzoq vaqt yangiday turib, foydali xususiyatini yo’qotmasligini istasangiz, uning bandini shu plyonka bilan o’rab qo’ying. Bunday bananlarni uzoq vaqt saqlash mumkin.

Nimadir sabab bo’lib, siz uyda oyoq kiyimda yurishga majbur bo’lib qolsangiz, plyonkani eshikka yaqin joyda saqlang. Kirgan bo’lsangiz, tezda oyoq kiyimingizni plyonka bilan o’rab keyin yursa bo’ladi.

Stakanga suyuqlik quying, plyonka bilan o’rang va trubochka tiqing.

Gultastangiz uzoq vaqt bahri-dilingizni ochib turishini istaysizmi? Buning yo’li oson. Guldastadagi gulning bandlari avval yengil mato, so’ngra plyonka bilan o’rasangiz, gullar uzoq vaqt yangiday turishi mumkin.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish