Kanal
Qiziqarli

Qiziqarli sayohat: Sayohlarni plyajda aldash yo’llari, oddiylari va unchalik oddiy bo'lmaganlari

Qiziqarli sayohat: Sayohlarni plyajda aldash yo’llari, oddiylari va unchalik oddiy bo'lmaganlari

Vaqt to’xtab qoladi. Ozodlikni chorlovchi esi, muloyim quyosh va qirg’oqqa uriladigan dengiz to’lqinlari yumushlar haqida unutishga olib keladi… Extiyotkorlik haqida ham. Aynan shu lahzada beparvo sayohni turli firibgarlar kutib turishadi, va bu hodisa qanday davlat yoki kontinentligiga bog’liq emas, faqatgina qayerdadir ular ko’p, qayerdadir kamroq. 

Maymuncha bilan rasm, qumdan qasr, akvabayk, ho’rozqant – yana qanday suv osti toshlar ta’tilni buzishi mumkin, hattoki juda qimmatga tushishi mumkin. 

Shu mavzuda gap ketadi...

«Pahlava-a, pirojki, qaynatilgan juhori-i! Ka-a-atta qayna-tilga-an qisqichbaqalar! - charchagan dam oluvchilar shezlonglarini ustidagi savdogarlarni chaqiriqlari havoni yorib chiqadi shunday hirahandonnki, ortidan ketayotgan arilar singari. Qatorlar orasidan o’tib, ular shundoqqina quloqlarga baqirishadi, oyoqlarni bosadi va juda ham g’ashga tegadi.

Aql bilan ish tuting!

Plyajdagi fastfudni sotib olish – juda havfli ish: sizga kechagi juhori va “ikkinchi navli” go’shtli pirojkini sotib yuborishlari mumkin, shunday jaziramada baliq yoki qishqichbaqalar bilan nima bo’lishi mumkinligini, tekshirmaganingiz maqul.

Hind plyajlarida dam olayotgan sayohlarni quloqlarida qo’rqinchli kir shundoq o’sib ketadi. Har qale aynan shunga sizni arvoqqina odam ishontirmoqchi bo’ladi, siz qumda dam olayotganingizda qulog’ingizga qorquv bilan ko’rsatib. 

Agar anqayib qolsangiz, u ustalik bilan sizning qulog’ingizga uzun tayoqchani kirgizib, quloq kirini chiqaradi (albatta oldindan tayorlanganni) va shu plyajni o’zida gigienik muolajani o’tkazishni taklif qiladi. Bunday hizmatdan bosh tortish qiyin: fuqaro juda ham tirishqoq. Jarayondan so’ng sizdan kamida uch yuz rupiya to’lash talab qilinadi, bu deyarli 45 000 so’mga to’g’ri keladi.

Rozi bo’lmang!

Bunday holatga tushib qolgan sayohlar, tozaluvchiga 10-20 rupiya berishadi, hirahandom hizmatdan halos bo’lish uchun.

Bazida pulga tushib qolish yollarga plyajda soyabon qoldirish, yoqimtoy notanish qiz bilan gaplashish yoki dush ostida olma yuvish bo’lishi mumkin.

Italiyada quyosh ostidan joy buyurtirish taqiqlanadi, qumda sochiq, soyabon yoki stul qoldirib. Narsalaringizni qaytarib olishingiz uchun, davlat byudjetini €200ga to’ldirishingizga to’g’ri keladi.  

Ispaniyada plyajga uy hayvonlarini olish mumkin emas – qadrdon kuchukcha bilan dam olish €1500ga tushadi.

Janubiy Yevropani tajribasidan kelib chiqib, Abhaziya hukumati plyajdan tashqarida kupalnik kiyishgani uchun jarimaga solishadi, BAAda ayollarda ochiq kupalniklar taqiqlangan – dengizda mahsus libosda cho’milishga to’g’ri keladi, aks holda nafaqat jarima to’lashga to’g’ri keladi, balki qamoqqa tushib qolish ham mumkin.  Bundan tashqari BAA plyajlarida chekish, spirtli ichimliklar ichish va qarama qarshi jinsga ortiqcha qiziqish bildirish mumkin emas. Plyajda jinsiy aloqa qilish jarima bilan jazolanadi va qamoq jazoga tortiladi, nafaqat arab davlatlarda, balki Turkiya, Gretsiya, Tailand, Italiya va Ispaniyada.

Venetsiya hukumati hammadan ham o’zib ketdi – ular qumdan qasr qurishni taqiqlashdi: bunga amal qilmasangiz €250 to’laysiz. Bunday qaltis choralar sababi, qumdan yasalgan inshootlar qutqaruvchilar ishiga va shoshilinch yordam ko’rsatishga halaqit beradi, ayrim plyajda dam oluvchilarni shikoyatlariga ko’ra, qasrlar dengizga bo’lgan manzarani to’sib turadi. Huddi shunday taqiq Ispaniya va Germaniyani plyajlarida amalda. Lekin nemislar qoidalarni yumshatgan: qumli haykallarni bo’yi 20 smdan ortmashi kerak.

Fotoapparatlar bilan uddaburon odamlar hamma joyda bor – qoradengiz sohilidan Janubiy-Sharqiy Osiyogacha. Kabutar, maymuncha yoki kichkina timsoq bilan bolakay – bu shunday yoqimliki! Bolaning onasi hursandchilik bilan tomosha qilayotganida, unga bolasi kabutar qanoti yoki oyog’ini shikastlab qo’ydi deb habar berishadi, bu qush esa juda ham noyobligini aytishadi va uning davolash uchun hozir $100 berishi kerak ekanligini. Yoki yanada boshqacha hisob-kitob: sizga bitta rasm uchun narhni aytadi, so’ngra esa joyida beshta yoki o’nta rasmni chiqarib beradi, va hammasiga to’lash kerak ekanligini aytadi. Turli liboslardagi animatorlar esa sizning telefongizdan selfi olishga ham tayyorlar. So’ngra esa u Mikki Mausni qo’lida bo’ladi, pulini to’lamaguningizcha.

Moviy dengiz, mayin shaboda, oq qumli plyaj – va shu vaqtda sizning yelkangizga mayin ayol qo’llari tushadi, yoqimli ovoz esa massaj qabul qilishni sovg’a tariqasida taklif qiladi. Rad etish noqulay, va buni istamaysiz ham. Shavqatsiz haqiqat muolaja tugashi bilan o’zi haqida eslatadi – massaj pullik, va uning narhi ham shahardagilardan besh barobar qimmat, masalan soatiga 250 000 rupiya (150 000 so’m) Balida. Bu yerda bundan ham oshkor usulni qo’llashadi -  dam olayotganlar ortidan yurib massajga undaydi. Sifatni hech kim kafolatlamaydi – malakali massajchi oson pul topish maqsadida plyajga bormasa kerak.  

Bo’sh kelmang! Shunday bo’lishi  mumkinki bundan keyin asoratlarni manual terapevtda davolashga to’g’ri keldi.

Tailand kurortlarida (balki nafaqat u yerda) dam olovchilaridan pul olishni ajoyib usulini qo’llashadi -  suv mototsiklarni ijarasida aldov. Skuterni ijaraga olish unchalik qiyin emas – to’la va zavqlan. Sayoh hursandchilik bilan moviy uzoqlikdan qaytib kelayotganida, gidrotsiklni egasi qabul qilayotib qo’llarini siltay boshlaydi, korpusdagi shilingan joyini ko’rsatib va juda muhim bo’lgan extiyot qismi yoqligini aytib (anchadan beri yo’q bo’lgan). Dod solayotgandi $500 miqdoridagi pul tinchitishi mumkin. O’ylash uchun vaqt deyarli yo’q, vaziyat qaltis bo’lib ketmoqda, atrofda  mahalliy aholi to’planmoqda, to’planishni boshlashmoqda, yanada balandroq ovozda baqirishmoqda, yanada yaqinroq kelishmoqda, qo’llarini siltashmoqda… Ba’zida bu fitnada hattoki politsiya ham ishtirok etadi (huquq-tartib hodimlari kelishuvni taklif qilishadi, chegirma bilan to’lovni amalga oshirib). Albatta skuterni rasmga olish mumkin, unda dengizga borishdan avval, lekin bu ham havfsizlik kafolati emas.

Turli hil mayda-chuyda sotuvchilari anchadan beri plyaj peyzajini bir qismi bo’lib qolgan, ularda noyob qobiliyat bor – sizga shunday narsani sotib yuboradiki, sizda uni aniq sotib olish niyatingiz yo’q edi. Goa plyajlaridan barabanlar va Tailanddan yog’och qurbaqalari keyinchalik tokchada chang bosib tursa, Nil timsoqlari va Misrdan boshqa turli suvenirlar qalbaki bo’lib chiqadi, chunki haqiqiy chig’anoqlar, marjonlar va timsoqlar tulumini bu davlatdan olib chiqish taqiqlanadi. Chegarada uni haqiqiyligini hech kimni aniqlamaydi, lekin musodara qilish va juda katta jarima bo’lishi tayin. Boshqa janubiy davlatlardan ham ulkan rakushkalarni olib chiqish havfli, shu jumladan Karib orollaridan: jarimalar $500 gacha boradi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish