Sevgi sirlari


Ba’zi psixologlarning aytishicha, inson tabiatan poligamik bo’lib yaratilgan. Biroq tabiatda monogamiya (ya’ni bir juft bilan yashash) ham borligini ko’rish mumkin. Masalan, gibbon, oqqush, bo’ri, albatros va qora grif kabi hayvonlar hayotlarini faqat bir juft bilan o’tkazadilar.
Sevishganlarda bir-birlariga moyillik tanishuvning birinchi to’rt daqiqasida tug’iladi.
Sevishganlar bir-birlarining ko’zlariga qaraganlarida ularning yuraklari bir maromda va baravariga ura boshlaydi. Bunday hodisaga olimlar hanuzgacha izoh bera olganlari yo’q.

Sevgan insonning hissiyotlari kokain moddasi beradigan eyforiya holati bilan tengdir.
Sevgan insonni quchoqlash og’riqning kamayishiga turtki bo’ladi. Sababi, bu paytda miyada “og’riqsizlantiruvchi gormonlar” ning ishlab chiqilishidir.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ko’rinishlaridan bir-birlarlariga o’xshagan juftlar baxtli hayot kechiradilar.

Dunyoqarashlari bir xil juftliklarning munosabatlari esa osongina boshlanadi, lekin uzoqqa cho’zilmaydi.
”Yuragimga ozor berding”, degan gap mubolag’a emas. Qayg’u, hasrat tufayli organizmda yurak uchun zarur moddalarning ishlab chiqilishi kamayishi oqibatida yurakda og’riq paydo bo’ladi.
Oshiqlik bir yildan uzoqqa cho’zilmaydi. Bundan keyin bog’liqlik kelib chiqadi yoki ko’ngil sovishi.

Tadqiqotlar natijasiga ko’ra, sevgan insonning miyasida qiziq kimyoviy jarayon sodir bo’ladi. Serotonin moddasi kamayib, kortizol oshadi. Xuddi shunday jarayon yengil ruhiy kasalliklarda ham sodir bo’ladi.
Oshiqning sevgilisi haqida o’ylashi uni ijod qilishga undaydi.
Ekstremal xavfli vaziyatlarda insonlarda sevib qolish hollari ko’proq uchqaydi. Chunki bunday paytda inson organizmida adrenalin miqdori oshadi, u esa “sevgi gormoni” bilan bir xildir.

Yengil, o’tkinchi sevgi shaydolari qizlarning qomatiga ahamiyat bersa, haqiqiy muhabbatini qidirgan yigitlar qizlarning chehrasiga nazar soladilar.
Sevgilisi yoki uning suratiga tikilgan oshiqning ko’z qorachig’lari kengayadi.
Sevgidan mast bo’lib yurgan oshiqlarning organizmida oksitotsin moddasi shiddat bilan ishlab chiqiladi. Bu gormon kayfiyatga, fikrlash jarayoniga, muomalaga ijobiy ta’sir qiladi. Shuning uchun sevgan inson mehribon va xushkayfiyat bo’lib qoladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.