Kanal
Qiziqarli

Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar

Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar

Muzqaymoq qadimiy tarixga ega. Aytishlaricha, Aleksandr Makedonskiy harbiy yurishlardan keyin bu desert bilan o’zini mehmon qilgan va rohatlangan, Gippokrat bo’lsa jazirama issiq kunda ahvolni yaxshilanishi uchun muzqaymoq tanovul qilishni maslahat bergan. Muzqaymoq “ixtirochilari” xitoyliklar hisoblanadi, ular imperator stoliga muzlagan meva sharbatini qo’yishgan. Slavyanlarda shunga o’xshash desert bo’lgan: sutni asal bilan aralashtirib, keyin idishlarga solib yaxlatib qo’yishgan. Uni qanday yeyish kerakligi haqida bosh qotirib o’tirishmagan, shunchaki shimib-shib yeb qo’ya qolishgan.

Qulupnayli, shokoladli, malinali – bu muzqaymoqni barcha ta’mlari emas. Dunyoda ko’pgina, hatto shirinsiz variantlari ham bor, baliqlidan boshlab pishloqli, qo’ziqorinli va tomatliga qadar.

Bilasizmi, muzqaymoqni dunyoda eng ko’p sotiladigan turi sutli sut-qaymoqli turidir? Shokoladli muzqaymoq mashhurligi bo’yicha reytingda ikkinchi o’rinda turadi, uchinchi o’rinda – mevali.

Muzqaymoq yetarli kaloriyali mahsulot hisoblanadi. Diyetada o’tirgan odam uchun tanovul qilish maslahat berilmaydi. Ammo juda yegisi kelsa, agar mahsulot kaloriyasini bilsa istisno qilsa bo’ladi.
- 100 gr sutli muzqaymoq 200 kkal ga ega
- 100 gr mevali yax – 150 kkal ga ega
- 10 gr diyetali muzqaymoq – 100 kkal ga ega

Mashhur Eskimo muzqaymog’ini qandolatchi Kristian Nelson o’ylab topgan, o’zining mo’jiza – desertini eskimos – pay, ya’ni “eskimos pirogi”, deb nomlagan.

Frityureda qovurilgan muzqaymoq – qimmat restoranlarda mashhur shirinlikdir. Uni tayyorlash oson: muzlatilgan plombir sharikini unga botirib olinadi, ko’pirtirilgan tuxumga sho’ng’itib olinadi, keyin uning ustiga talqonni sepib, tezda qovuriladi.

Ha,ha, muzqaymoqni ko’pchilik doktorlar profilaktika sifatida bolalarda angina, tonzillit, faringit kasalliklariga uchraganda muzqaymoq berishni tavsiya qiladilar. Agar bu desert oz – ozdan yeb turilsa tomoq chiniqadi va uning shilliq qavati havo o’zgarishiga bardoshli bo’ladi. Bu ko’nikma sababli kichkintoy bolalar tomoq og’rig’i kasalligini osongina yengib o’ta oladilar.

Muzqaymoq shamollash kasalligining oldini oluvchi hamda uni davolovchi uy sharoitida tayyorlanadigan dorilarning asosiy qismini tashkil etishi mumkin. Buning uchun yosh qarag’ay daraxtining 20 ta shoxi olinib, hovonchada maydalanadi. Bir osh qoshiq malina qiyomi qo’shiladi. Aralashtiriladi. Sharbatni siqib olib, shoxchalar tashlab yuboriladi. Hosil bo’lgan malina – qarag’ay sharbatini muzqaymoq ustiga quyiladi. Xohish bo’yicha qiyomga bir – ikki osh qoshiq apelsin freshini qo’shish ham mumkin. Shu yo’l bilan siz C vitaminiga boy bo’lgan desertni tayyorlaysiz. Shunday ekan, ushbu desert har qanday shamollash kasalligini yenga oladi.

Amerikalik mutaxassislarning tadqiqotiga ko’ra, muzqaymoq asosan begim kunlari emas, dam olish kunlari ko’proq sotiladi. Asosiy istemolchilar ham 5 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar hamda 45 yoshdan katta bo’lgan shaxslardir.

Muzqaymoqning noyobligining sababchisi – oddiy havodir. Aynan havo tufayli ushbu desert mayin va yumshoq bo’ladi, biz ham uni aynan shu xususiyati tufayli yoqtiramiz.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish